Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 11 781 tani, shundan qo‘shma korxonalar 5672 ta va xorijiy korxonalar 6109 tani tashkil etmoqda.
2021- yilning 1- yanvar holatiga, xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning sohalar bo‘yicha soni:
Sanoat – 3943 ta;
Savdo – 3113 ta;
Qurilish – 955 ta;
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 673 ta;
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 498 ta;
Tashish va saqlash – 316 ta;
Axborot va aloqa – 315 ta;
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 169 ta.
Axborot xizmati



