12/01/2021

Joriy yilning 11- yanvar kuni Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Maxmudjon Djurakulovich Ziyadullayev boshchiligida hududiy boshqarma boshliqlari o‘rinbosarlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazish jarayonida mahalla fuqarolar yig‘ini hamda alohida tanlab olingan segmentlarda qo‘llaniladigan xaritalarini tayyorlash yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.mikcsichi12012021

Ta’kidlash lozimki, 2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida hukumatimiz UNICEF va UNFPA tashkilotlari ko‘magida mamlakatimizda onalar va bolalar turmush tarziga oid muhim statistik ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha kuzatuv o‘tkazish borasida turli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

mikcsichi12012021

Yig‘ilishda multiindikator klaster kuzatuvlarida to‘ldirilishi lozim bo‘lgan savolnomalarni intervyuerlarga tushunarli bo‘lishi yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech