2021- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 414 186 ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 90 721 tani (21,9%) tashkil qildi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, xususiy korxonalar sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Toshkent shahri – 12 855 ta;
Farg‘ona viloyati – 11 323 ta;
Qashqadaryo viloyati – 9 315 ta;
Namangan viloyati – 7 197 ta;
Surxondaryo viloyati – 7 059 ta.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
Savdoda – 34 364 ta;
Sanoatda – 16 381 ta;
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 7 982 ta;
Qurilishda – 7 825 ta;
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 6 686 ta.
Axborot xizmati