Joriy yilning 13- yanvardan 24- fevralgacha Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari uchun statistika instituti tomonidan “Rasmiy statistika va BRM ko'rsatkichlari uchun ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish tamoyillari” mavzusida onlayn o‘quv kursi o'tkaziladi.
Ushbu kurs yuqori sifatli grafikalar vositasida rasmiy statistika va barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) ko'rsatkichlarini monitoring qilish bo’yicha bo’lib o’tadi.
O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasidan ushbu kursda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari – Shaxboz Samadov ishtirok etmoqda.
Matbuot xizmati




