Ma'lumki, hukumat tomonidan koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash davrida aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatining barqarorligini ta'minlash bo'yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.basketballichi118012021basketballichi118012021

O'zbekiston Respublikasi aholisining sog'ligini saqlash va mustahkamlash hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PF-6099-son Farmonining ijrosi bo‘yicha barcha ishchi-xodimlar o‘rtasida sog'lom turmush tarzini keng tatbiq qilish yuzasidan turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.basketballichi118012021basketballichi118012021

Davlat statistika qo'mitasida har shanba kuni ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida jamoa o'rtasida maxsus sport majmualarida o'tkaziladigan haftalik turli sport tadbirlari ham o'tkazilmoqda. Xususan, shu yil 16- yanvar kuni reja asosida qo'mita markaziy apparati boshqarmalari o'rtasida basketbol bo'yicha sport musobaqasi o'tkazildi.basketballichi118012021basketballichi118012021

Muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni o'tkazishdan maqsad har bir fuqaroda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to'g'ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, Covid-19ga qarshi ishlarni tizimli va samarali tashkil etish orqali kasalliklarga qarshi doimiy immunitet tizimini shakllantirish, shuningdek, jismoniy faoliyat orqali xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashdir.

Matbuot xizmati