21/01/2021

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonda jami 87 trln. 823,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. 2019- yilga nisbatan o‘sish sur'ati 109,1 % ni tashkil etdi.

qurilishichi21012021

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 3 trln. 652,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 4,2 % ga teng.

Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 84 trln. 171,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 95,8 % ga teng.

Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 24 trln. 208,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 46 trln. 379,9 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech