2021- yil 25- yanvar kuni Osiyo taraqqiyot banki tomonidan “Inqirozga qarshi boshqaruv” mavzusida onlayn trening o‘tkazildi. Unda Davlat statistika qo‘mitasining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi xodimi Olga Zolotayeva hamda Xizmat ko'rsatish sohasi statistikasi boshqarmasidan Nigora Yakubova qatnashdi.

abrichi26012021

abrichi126012021

Treningda xalqaro ekspertlardan – Devid Savyer, Styuard Moem, Reychel Andras taqdimotlar bilan ishtirok etdi.

Trening ishtirokchilari favqulodda vaziyatlarda rejalashtirish va xizmatlar ko'rsatish strategiyasi bilan tanishdi. Inqiroz xarajatlarini moliyalashtirish manbalari, inqirozga qarshi boshqaruvda shikoyat va takliflarni ko'rib chiqish mexanizmi baholandi. Inqirozga qarshi boshqaruvda gender masalalarining ahamiyati ko'rib chiqildi.

abrichi226012021

abrichi326012021

Ma’lumot uchun: mazkur trening Osiyo taraqqiyot banki tomonidan inqirozga qarshi choralar rejasini amalga oshirishda O'zbekiston hukumatini qo'llab-quvvatlash dasturi doirasida tashkil etilmoqda.

Matbuot xizmati