2021- yilning 26- yanvar kuni Davlat statistika qo'mitasi vakillari BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi hamda Xalqaro transport forumi hamkorligida tashkil etilgan videokonferensaloqa rejimidagi uchrashuvda ishtirok etdi.OON-ichi127012021
Ushbu uchrashuv mobil ma’lumotlar monitoringi bo'yicha qator virtual uchrashuvlarga kiritilgan bo'lib, statistik amaliyotning eng muhim masalalari bo'yicha fikr almashish platformasi hisoblanadi.OON-ichi227012021
Uchrashuvda Davlat statistika qo'mitasidan Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i Akrom Sultonov hamda Xizmatlar, transport va axborot infratuzilmasi sohasida tizimli statistik kuzatuvlar bo`limi boshlig'i Alisher Rahimov qatnashdi.OON-ichi327012021
Tadbirda xalqaro ekspertlar – Alessandro Alasia (Kanada), Viviana Munoz (Chili), Markku Kivari (Finlyandiya) transport, shaharsozlik va turizm loyihalarida mobil ma'lumotlarini keng qo'llash, transport talabini modellashtirishning yanada mustahkam vositalarini ishlab chiqish bo‘yicha fikr bildirdi. Shuningdek, ma'lumotlarni birlashtirish orqali yo'l holatini tahlil qilishning murakkab vositalari yuzasidan tushunchalar berildi.OON-ichi427012021
Uchrashuv yakunida yangi mobil ma'lumotlari manbalari bo'yicha xalqaro hamkorlikni yaxshi yo'lga qo'yish bo'yicha fikr almashildi.OON-ichi527012021
Bunday uchrashuvlar transport bo'yicha statistik ma'lumotlarni to'plash metodologiyasini yaxshilash hamda “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi”ni sifatli amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Matbuot xizmati