2020- yil yanvar–dekabr oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadda tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni 1,5 million kishini tashkil etdi. 2019- yilning shu davriga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 77,7 foizga kamaydi.turist-ichi28012021

2020- yilda O‘zbekistonning 2 million fuqarosi sayyohlik maqsadida mamlakatni tark etdi, bu 2019- yilga nisbatan 76,3 foizga past.

O‘zbekistonga kelgan chet elliklarning eng katta oqimi quyidagi davlatlardan qayd etildi:

Qirg‘iz R. - 508 ming kishi (barcha kelganlarning umumiy sonidan 33,8%),

Qozog‘iston - 424,1 ming kishi (28,2%),

Tojikiston - 337,5 ming kishi (22,4%),

Rossiya - 81,6 ming kishi (5,4%),

Turkmaniston - 60,6 ming kishi (4%),

Ozarbayjon - 2,2 ming kishi (0,1%),

Belarus R. - 1,6 ming kishi (0,1%).

Matbuot xizmati