2021- yilning 27–29- yanvar kuni Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari iqtisodchi xodimlari uchun “Statistika asoslari” bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi.

institutichi28012021

institutichi128012021

Ta’kidlash lozimki, Prezidentimizning 2020- yil 3- avgustdagi “O'zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga ko‘ra, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Statistika asoslari” bo‘yicha turli o‘quv-kurslari tashkil etish vazifasi belgilangan edi.institutichi228012021

institutichi328012021

Mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida vazirlik va idora xodimlari uchun o‘quv kursi o‘tkazilmoqda.

“Statistika asoslari” bo‘yicha, shartnoma asosida o‘qitilayotgan o‘quv kursining birinchi bosqichida idoraviy statistik ma'lumotlarni shakllantirish va Davlat statistika qo‘mitasi bilan axborot almashinuvini ta'minlash borasida ma’lumotlar berildi.institutichi428012021

O‘quv kursi ishtirokchilariga institutning professor-o‘qituvchilari, qo‘mitaning tarmoq statistka boshqarmalari mutaxassislari ma'ruza matnlari, taqdimot materiallari, ijtimoiy-iqtisodiy statistika bo‘yicha tayyorlangan tahliliy statistik ma'lumotlar haqida batafsil tushuncha bermoqda.

O‘quv kursi yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar beriladi.

 

Matbuot xizmati