Joriy yilning 28- yanvar kuni poytaxtimizdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida “O'zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha 2021–2025- yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyasi” loyihasini muhokama qilish bo'yicha milliy maslahat yig'ilishi bo'lib o'tdi.

opendateichi28012021

Tadbirda Oliy Majlis Senati raisi, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi Tanzila Narbayeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengash raisining o‘rinbosari Akmal Saidov, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov “O'zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha 2021–2025- yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyasi” loyihasi bo'yicha batafsil so‘z yuritdi.opendateichi128012021

Shuningdek, parlament vakillari, turli vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari xodimlari mavzu yuzasidan fikr bildirdi.opendateichi228012021

Mazkur maslahatlashuv yig‘ilishida Davlat statistika qo'mitasidan Ochiq ma'lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i Akrom Sultonov ishtirok etdi.

Matbuot xizmati