2021- yil 28- yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Xalqaro valyuta jamg'armasi missiyasi rahbari Ron van Ruden bilan videokonferensaloqa rejimida muloqot o'tkazdi.

1Yash

Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad – keng qamrovli hamkorlik masalalarini muhokama qilishdir.

1Yash

Muloqot davomida davlatimiz rahbarining "O'zbekiston Respublikasi milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori mazmun-mohiyati va ijrosi xususida alohida to‘xtalib o‘tildi.

1Yash

Shuningdek, 2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amaliyotga joriy qilish, foydalanuvchilarni statistik ma'lumotlar bilan yuqori darajada ta'minlash borasida fikr-mulohaza almashildi.

1Yash

Tomonlar makroiqtisodiy statistika masalalariga batafsil to'xtalib, Xalqaro valyuta jamg'armasi tomonidan amalga oshirilayotgan istiqbolli hamkorlik va texnik ko'mak masalalari xususida so‘z yuritdi.

1Yash

1Yash

Xalqaro ekspertlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning, jumladan, statistika organlari faoliyatining ijobiy dinamikasi haqida gapirib, O'zbekistonning “Ma'lumotlarni tarqatishning maxsus standarti”ga o'tish doirasida Xalqaro valyuta jamg'armasiga katta ko'mak berayotganini qayd etdi.

1Yash

Uchrashuv iliq va do'stona ruhda o'tdi.

Matbuot xizmati