Joriy yilning  27–28- yanvar kunlari Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida hududiy statistika idoralari xodimlarining sohaviy bilim darajasini yanada mustahkamlash maqsadida seminar tashkil etildi.qashqadaryoichi1290121

Seminarda Davlat statistika qo‘mitasi raisining iqtisodiy statistika bo‘yicha o‘rinbosari  Ikramov Agzam Anvardjonovich hamda Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Maxmadaliyev Baxrom Samadovich, o‘rinbosarlar hamda bo‘lim boshliqlari, tuman va shahar statistika xodimlari ishtirok etishdi.qashqadaryoichi2290121

Qo‘mita raisi o‘rinbosari A.Ikramov so‘zga chiqib, sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, tegishli qarorlar ijrosini joylarda tizimli tashkil etish borasida batafsil to‘xtalib o‘tdi.qashqadaryoichi3290121

Shuningdek, davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq barcha tarmoq statistika yo‘nalishlari hamda tarmoq ko‘rsatkichlarining shakllanishi yuzasidan tegishli tushuntirishlar berdi.qashqadaryoichi4290121-2

Tadbir davomida tuman va shaharlar kesimida 2020- yil yakuni asosida tayyorlangan ma’lumotlar holati yuzasidan ham fikr-mulohaza bildirildi.

 Seminar yakunida xodimlar tomonidan berilgan savollarga Ikramov Agzam Anvardjonovich batafsil javob berdi. 

Matbuot xizmati