01/02/2021

  Qoraqalpog`iston Respublikasi Xo`jayli tumani hokimligida statistika boshqarmasi boshlig`i T.Ganiyev, tuman Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limi boshlig`i S. Dursinbetova, mahalla fuqarolar yig`ini  raislari, tegishli korxona va tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida yig`ilish o`tkazildi.xojaylitumaniichi6010121

xojaylitumaniichi1010121

Tadbir qatnashchilariga aholini ro`yxatga olishning ahamiyati, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini shakllantirishdagi o`rni, Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "2023- yilda O`zbekiston Respublikasida aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 710-son qarorining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.xojaylitumaniichi5010121

xojaylitumaniichi2010121

Seminarda 2023- yilda o`tkaziladigan aholini ro`yhatga olishning tashkiliy rejasini tuzish maqsadida olingan aholi punktlarining sxematik rejalari, manzilli ro`yxatlarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yana bir bor aniqlik kiritilishu lozimligini ta`kidlab o`tildi.xojaylitumaniichi4010121

xojaylitumaniichi3010121

Shuningdek, seminar qatnashchilari аholini ro`yxatga olish savolnomasi shakllari bilan tanishtirildi va ularni to`ldirish yo`riqnomasi bo`yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

                                                                                                                                                                                                

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech