So'nggi vaqtlarda koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashda aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatining barqarorligini ta'minlash uchun ommaviy jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda.
Ma'lumki, musobaqalar va sport tadbirlari ko'rgazmali tashviqotning ishonchli vositasi bo'lib, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish va targ'ib qilishda katta ahamiyatga ega.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6099-son Farmonining ijrosi bo‘yicha barcha ishchi-xodimlar o‘rtasida sog'lom turmush tarzini keng tatbiq qilish yuzasidan turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Xususan, reja asosida O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi Markaziy apparati boshqarmalari o'rtasida shaxmat va shashka bo'yicha sport musobaqalari o'tkazildi.
Muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni o'tkazishdan maqsad har bir fuqaroda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to'g'ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, Covid-19ga qarshi ishlarni tizimli va samarali tashkil etish orqali kasalliklarga qarshi doimiy immunitet tizimini shakllantirish, shuningdek, jismoniy faoliyat orqali xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashdir.
Matbuot xizmati



