Kosonsoy tumani hokimligida Kosonsoy tumani statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan tadbir tashkil etildi.

Namangan-vioyatichi103022021

Tadbirda ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olishning ahamiyati, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini shakllantirishdagi o‘rni, Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "2023- yilda O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g`risida"gi 710-son qarorining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.

Namangan-vioyatichi203022021

Tadbirda ta'kidlanganidek, aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.

Namangan-vioyatichi303022021

Aholini ro‘yxatga olishda har bir fuqaroning ma'lumotlari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, avvalo, aholining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, ma'lumoti, uy-joy bilan ta'minlanganlik darajasi, bandligi, daromad manbalari kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha batafsil ma'lumot to‘planadi.

Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.

 

Axborot xizmati