2023- yilda yurtimizda o‘tkaziladigan aholini roʻyxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Mo‘ynoq kasb-hunar kollejida Mo‘ynoq tumani statistika bo‘limi tomonidan aholini ro‘yxatga olish ishlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 710- sonli qarorining mazmun-mohiyati hamda uning ijrosi bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, aholini roʻyxatga olishning dolzarbligi, shakllantiriladigan ma’lumotlarning ijtimoiy-iqtisodiy davlat dasturlarini ishlab chiqishdagi muhim ahamiyati toʻgʻrisida soʻz yuritildi.
Seminar davomida o‘quvchilarga aholini roʻyxatga olish savolnomasi shakllarini toʻldirish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.
Matbuot xizmati





