Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich  boshchiligidagi qo‘mita va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangi hayot tumanidagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, hududdagi aholi, ayniqsa, keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar, nogironlar holidan xabar olish, ularning muammolariga birgalikda yechim topish maqsadida, tuman hokimligi va sektor rahbarlari, mahalla faollari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

1YH

2YH

3YH

Davlat statistika qo‘mitasi bilan Yangi hayot tumanidagi mahallalarda tozalik va obodonlashtirishga ko‘maklashish, uyma-uy yurib fuqarolarni qiynayotgan muammolarga birgalikda yechim topish, ayniqsa, mahallalarda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da ro‘yxatga olinganlarga alohida e'tibor qaratish, ularning bandligi va salomatligini tiklashga ko‘maklashish maqsadida har bir mahallaga vakillar biriktirdi.

4YH

5YH

 Biriktirilgan mazkur vakillar mahallalardagi ko‘chalarning holati, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz bilan ta'minlanganlik darajasini o‘rganib, ularga ijobiy yechim topishda amaliy yordam beradi.

6YH

7YH

Shuningdek, aholining kayfiyatini ko‘tarish maqsadida turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar hamda taniqli sportchilar, shoiru-yozuvchilar va san'atkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.

Matbuot xizmati