2020- yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi joriy narhlarda 580,2 trln. so'mni tashkil etgan bo‘lib, o‘tgan yil bilan taqqoslaganda 1,6 % ga o‘sdi. Agar 2017-2019- yillarni olib qaraydigan bo‘lsak, YAIMning real o‘sish sur’atlari o‘rtacha hisobda 5,2 % ni tashkil etganligini kuzatishimiz mumkin. Ammo hozirgi pandemiya davrida bu ko’rsatkich ilk marotaba eng past darajaga tushib ketdi.

snsuz110221

YAIM ko‘rsatkichini iqtisodiyot tarmoqlari kesimida ko‘radigan bo‘lsak, 2020- yilda qishloq, o‘rmon va baliqchilik ho‘jaligi (+ 3,0 %), sanoat (+ 0,7 %), qurilish (+ 9,2 %) va hizmatlar (+ 0,1 %) sohalarida ijobiy o‘sish sur’atlari qayd etildi.

Shu bilan birga, YAIM o‘sish sur’atiga hududlarning ta’siriga e’tibor qaratsak, joriy davrda Navoiy (+ 7,1 %), Namangan (+ 4,8 %) va Surhondaryo (+ 4,4 %) viloyatlarida nisbatan yuqori ijobiy o‘sish sur’atlari qayd etildi.

Matbuot xizmati