Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- fevral holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 11 919 tani, shundan qo‘shma korxonalar 5 724 ta va xorijiy korxonalar 6 195 tani tashkil etmoqda.
2021- yilning 1- fevral holatiga, xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning sohalar bo‘yicha soni:
Sanoat – 3 981 ta
Savdo – 3 148 ta
Qurilish – 966 ta
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 690 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 507 ta
Tashish va saqlash – 322 ta
Axborot va aloqa – 321 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 174 ta.
Matbuot xizmati