Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi qo‘mita va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, hududdagi aholi, ayniqsa, keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar, nogironlar holidan xabar olish, ularning muammolariga birgalikda yechim topish maqsadida, mahallalarda o‘rganish ishlarini olib borishmoqda.
Ayni kunlarda ishchi guruhi a'zolari mahallalardagi ko‘chalar, ariqlar, yo‘laklarning holati, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz bilan ta'minlanganlik darajasi, shuningdek, ko‘p qavatli uylarning lift va tom qismlari, isitish tizimlaring qay holatda ekanligini o‘rganmoqda. O‘rganilgan qator muammoli masalalar tegishli mutasaddilarga yetkazilib, ularga ijobiy yechim topishga ko‘maklashilmoqda.
Yangihayot tumanidagi mahallalarda o‘rganishlar ishlari olib borilishi bilan birgalikda ishchi guruh vakillari tashabbusi bilan joylarda hasharlar ham tashkil etildi.
Matbuot xizmati













