Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilda O‘zbekiston qiymati 459,3 million AQSh dollariga teng bo‘lgan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini eksport qilgan. Bu 2019- yilga nisbatan 136,4 mln. AQSh dollariga ko‘p.

kiyimkechakichi150221

 O‘zbekiston tayyor kiyim-kechaklarni eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:

 Rossiya – 247,2 mln.

 Qirg‘iz R. – 170,6 mln.

 Qozog‘iston – 17,5 mln.

 Ukraina – 4,9 mln.

 Tojikiston  – 4,8 mln.

 Moldova – 2,6 mln.

 Belarus R. – 2,3 mln.

 Italiya – 2,0 mln.

2020- yilda xorijga eng ko‘p tayyor kiyim-kechak eksport qilgan hududlar:

Andijon viloyati – 143,6 mln.

 Toshkent viloyati – 102,7 mln.

 Toshkent shahri – 55,6 mln.

 Namangan viloyati – 48,5 mln.

 Xorazm viloyati – 17,8 mln.

 Samarqand viloyati – 17,2 mln.

Matbuot xizmati