Davlatimiz rahbari boshchiligida 2020- yilning 1- iyun kuni milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

registr-ichi116022021

Shundan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika idoralari xodimlarini tizimli o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

registr-ichi216022021

Ushbu grafik asosida 2020- yilda tizim xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan onlayn seminarlar tashkil etilgan edi.

registr-ichi316022021

2021- yilning 16- fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasi Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko`rsatish boshqarmasi tomonidan hududiy boshqarmalar xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan videokonferensiya tashkil etildi.

registr-ichi416022021

Videokonferensiyada Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari va hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko`rsatish, korxona va tashkilotlar statistikasini o’tkazish usullari bo‘yicha qo’mita mutaxassislari hududiy statistika boshqarmalari xodimlarining bilim va salohiyatini o’rgandi.

registr-ichi516022021

Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko`rsatish boshqarmasi boshlig’i Nurbek Sheraliyev tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlari yuzasidan o’z takliflarini berib o’tdi.

registr-ichi616022021

Tadbirda qo‘mitaning Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko`rsatish boshqarmasi va hududiy statistika boshqarmalari xodimlari sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama va tahlil qilgan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi.

registr-ichi716022021

Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

Matbuot xizmati