2023- yilda yurtimizda o‘tkaziladigan aholini roʻyxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Andijonichi1160221

Andijon viloyatining Izboskan tumani,  Qashqadaryo viloyatining  Qarshi davlat universiteti hamda Surxondaryo viloyatining bir qator tumanlarida viloyat statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan aholini ro‘yxatga olish ishlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.Andijonichi2160221

Andijonichi3160221

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 710- sonli qarorining mazmun-mohiyati hamda uning ijrosi bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, aholini roʻyxatga olishning dolzarbligi, shakllantiriladigan ma’lumotlarning ijtimoiy-iqtisodiy davlat dasturlarini ishlab chiqishdagi muhim ahamiyati toʻgʻrisida soʻz yuritildi.Andijonichi4160221

Seminar davomida qatnashchilarga aholini roʻyxatga olish savolnomasi shakllarini toʻldirish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

Matbuot xizmati