O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son qarorida, Ichki ishlar vazirligi tomonidan Davlat statistika qo’mitasiga taqdim etilayotgan respublikaga kelganlik va ketganlik to‘g‘risidagi statistik hisobga olish talonlarini to‘liq elektron shaklda taqdim etilishi belgilangan edi. 2021- yil 1- yanvardan boshlab, mazkur hisobot to‘liq elektron shaklga o‘tkazildi.
Shu bois, 2021- yilning 16- fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasi Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi hamda hududiy statistika boshqarma xodimlari bilan videokonferensiya tashkil etildi.
Tadbirda, Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Yuldoshev Zoyir Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilayotgan kelganlik va ketganlik to‘g‘risidagi statistik hisobga olish talonlari 2021- yil 1- yanvardan boshlab to‘liq elektron shaklga o‘tkazilganligini ta‘kidladi. Bu bilan qog’oz sarfi kamayib, ish samaradorligi oshishi, shuningdek, hisobot topshirish va qabul qilishda vaqt sarfi kamayishi ko’zda tutiladi.
Videoseminar so‘nggida hududiy statistika boshqarmalari Demografiya va mehnat statistikasi bo‘limi xodimlari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.
Matbuot xizmati


