Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yil 1- fevral holatiga respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 12,5 mingtani tashkil etib, ulardan 11,9 mingtasi faoliyat yuritmoqda.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
Rossiya – 2 113 ta
Xitoy – 1 812 ta
Turkiya – 1 611 ta
Qozog‘iston – 926 ta
Koreya – 893 ta
Xorijiy kapital ishtirokida 2021- yil yanvar oyida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
Rossiya – 21 ta
Xitoy – 17 ta
Turkiya – 34 ta
Qozog‘iston – 10 ta
Koreya – 9 ta.
Matbuot xizmati



