Joriy yilning 17- fevral  kuni Davlat statistika qo‘mitasida Axborot xavfsizligi hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmalari tomonidan vebinar o‘tkazildi. Unda hududiy boshqarmalar xodimlari ham onlayn tarzda qatnashdi.

1akt

2akt

Tadbirda dastlab, davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati hamda ijrosi haqida so‘z yuritildi.

3akt

4akt

Vebinar davomida hududiy statistika boshqarmalarining xodimlari savollarga javob berish jarayonida Axborot xavfsizligi hamda tizimda AKTni rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini berishdi.

5akt

6akt

Jumladan, hududiy boshqarmalarda axborot xavfsizligi joriy etish, sohaga so‘nggi AKTni tatbiq etish hamda xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Vebinar so‘nggida, Axborot xavfsizligi hamda AKT sohasidagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish jarayonidagi unumdorlikni oshirish bo’yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Matbuot xizmati