Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan pandemiya davrida xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda ommaviy sport turlari bilan doimiy shug‘ullantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

SPORTICHI11700221

Ta'kidlash lozimki, Prezidetimizning topshirig‘iga asosan, "Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur qaror loyihasi asosida respublikamizdagi barcha vazirlik, idora, korxona va tashkilotlarda ishchi xodimlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, sog‘lom ovqatlanish turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.

SPORTICHI21700221

Joriy yilning 18- fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan  hududiy statistika boshqarmalari xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda ommaviy sport turlari bilan doimiy shug‘ullanishga jalb etishga qaratilgan onlayn muloqot o‘tkazildi.SPORTICHI31700221

Davlat statistika qo‘mitasidagi Yoshlar ittifoqi yetakchilar kengashi tomonidan tashkil qilingan tadbirda qo‘mita xodimlari o‘rtasida sportni targ‘ib qilishga mas'ul xodim – Sarvar Inoyatov ish jarayonida qanday qilib jismoniy holatni yaxshilash masalasida taqdimot o‘tkazdi.SPORTICHI41700221

Xodimlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha aniq reja asosida muntazam ravishda tadbirlar o‘tkazishga kelishib olindi.

 

                            Matbuot  xizmati