Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilda O‘zbekiston 23 ta xorijiy davlatlarga qiymati 3,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich 2019- yilga nisbatan 1,7 mln. AQSh dollariga ko‘p.
O‘zbekiston 2020- yilda mebel mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:
Qozog‘iston – 1,5 mln.
Qirg‘iz R. – 917,1 ming
Tojikiston – 458,7 ming
Rossiya – 187,2 ming
Singapur – 116,0 ming
Hindiston – 101,7 ming
Turkiya – 97,1 ming
Sloveniya – 51,2 ming
Saudiya Arabistoni – 49,7 ming
Germaniya – 29,3 ming
AQSh – 11,3 ming
Matbuot xizmati



