Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilda O‘zbekiston 50 ta xorijiy davlatlardan qiymati 566,8 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan yog‘och va yog‘och mahsulotlarini import qilgan.
Bu 2019- yilga nisbatan 45,1 mln. AQSh dollariga kam.
O‘tgan 12 oy mobaynida import qilingan yog‘och va yog‘och mahsulotlarining eng katta ulushiga ega bo‘lgan davlatlar:
Rossiya – 520,0 mln.
Xitoy – 18,8 mln.
Turkiya – 6,5 mln.
Belorus – 4,2 mln.
Italiya – 2,8 mln.
Qirg‘iz R. – 2,8 mln.
Ukraina – 2,6 mln.
Qozog‘iston – 2,6 mln.
Koreya – 1,7 mln.
Germaniya – 1,1 mln.
Matbuot xizmati