22/02/2021

Namangan viloyati Yangiqo`rg`on tumani hokimligida Namangan viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan tadbir tashkil etildi.

perepisichi122022021

Tadbirda ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olishning ahamiyati, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini shakllantirishdagi o‘rni, Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "2023- yilda O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g`risida"gi 710-son qarorining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.

perepisichi222022021

Tadbirda ta'kidlanganidek, aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.

perepisichi322022021

Aholini ro‘yxatga olishda har bir fuqaroning ma'lumotlari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, avvalo, aholining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, ma'lumoti, uy-joy bilan ta'minlanganlik darajasi, bandligi, daromad manbalari kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha batafsil ma'lumot to‘planadi.

Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech