23/02/2021

Serbiya Respublikasi statistika boshqarmasi tomonidan videokonferensaloqa rejimida hamkor davlatlar o'rtasida tajriba almashish va xalqaro hamkorlikka ko'maklashish maqsadida “Qishki maktab” onlayn uchrashuvi tashkil etildi.

1

Tadbirdan ko’zlangan maqsad – Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy statistika boshqarmalarining o’zaro uchrashuvini tashkil etish va tajriba almashish jarayonini tezlashtirishdir. Uchrashuv “Rasmiy statistika va COVID-19 muammolari; ma'lumotlarni yig'ishni vizual monitoring va tahlil qilish” mavzusida tashkil qilindi.

2

3

Uchrashuvda Serbiya, Ukraina, Gruziya, Armaniston, Qozog'iston Respublikasi, Qirg'iz Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi statistika boshqarmalari, O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi va Jahon banki vakillari ishtirok etdi.

4

5

Uchrashuv davomida Serbiya Respublikasi statistika boshqarmasi, Iraj Namdaryan, Mustafo Dinch (Jahon banki), hamda Rosstat vakillari tomonidan “Rasmiy statistika va COVID-19 sharoitidagi qiyinchiliklar” mavzusida taqdimot qilindi. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasidan Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshlig'i Dilshod Zokirov tomonidan “COVID-19 pandemiyasining muammolari. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining tajribasi” mavzusida taqdimot o'tkazdi.

6

Taqdimot natijalariga ko'ra, ma'lumotlarni yig'ishni vizual monitoring va tahlil qilish,yangi IST modullarni joriy etish (sinxronlash, 2023- yilda aholini ro'yxatga olish ilovasi) kabi turli mavzular bo'yicha muhokamalar bo'lib o'tdi.

7

Shuningdek, Davlat statistika qo'mitasining sanoat statistikasi, narx statistikasi, investitsiyalar va qurilish statistikasi, xizmatlar sohasi statistikasi, aholi turmush darajasi va kuzatuvlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va interaktiv davlat xizmatlarini rivojlantirish boshqarmasi mas'ul xodimlari faol ishtirok etdi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech