23/02/2021

 Joriy yilning 22- fevral kuni Islom mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy, ijtimoiy va kadrlar tayyorlash instituti (SESRIC) hamda Turkiya statistika instituti (TurkStat) bilan hamkorlikda aholi statistikasi va aholini ro'yxatga olish sohasida tajriba almashish borasida onlayn seminar tashkillashtirildi.sesrikichi1230221

Ushbu vebinar Islomiy hamkorlik tashkiloti a'zo mamlakatlari uchun statistik tajriba almashish bo'yicha SESRIC vebinarlari sirasiga kiradi.

Ma‘lumot uchun: xalqaro statistika hamjamiyati aholi va uy-joy fondini ro’yxatga olishni 2030- yilgacha barqaror rivojlanish holatini aniqlashda zarur bo'lgan ma'lumotlarni taqdim etish uchun muhim manba sifatida tan oladi, ayniqsa, aholining daromadlari, jinsi, yoshi, irqi, etnik kelib chiqishi, migratsiya holati va geografik joylashuvi yoki boshqa xususiyatlari shular jumlasidandir.sesrikichi2230221

Vebinar davomida ishtirokchilarga “Aholi va aholini ro'yxatga olish statistikasi –Turkiya tajribasi”, “Yashash manzillari asosida aholini ro'yxatga olish tizimi”, “2011- yilda aholi va uy-joy fondini ro'yxatga olish” hamda “2021- yilda aholi va uy-joy fondini ro'yxatga olish” kabi mavzular bo'yicha taqdimotlar taqdim etildi.sesrikichi3230221

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasidan vebinarda Ro'yxatga olish metodologiyasi va kartografik hujjatlar bilan ishlash bo'lim boshlig'i o'rinbosari Jamshid Eshniyazov ishtirok etdi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech