25/02/2021

Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, hududdagi aholi, ayniqsa, keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar, nogironlar holidan xabar olish, ularning muammolariga birgalikda yechim topish maqsadida, mahallalarda o‘rganish ishlarini olib borishmoqda.yangiichi12502021

Jumladan, Yangihayot tumanidagi “Do‘stlik” mahallasi Yo‘ldosh-15,9-uy, 10-xonadonda istiqomat qiluvchi Gulnaz Sa'dullayevaga nogironlik aravachasi hamda oilasi uchun oziq-ovqat mahsulotlari berildi.yangiichi22502021

yangiichi32502021

Shuningdek, “Chorbog” MFY Yo‘ldosh-5, 1-uy, 11-xonadonda istiqomat qiluvchi Mohira Meliyeva hamda “Yorqin hayot” MFY Yo‘ldosh-17, 1-uy, 11-xonadonda istiqomat qiluvchi Munavvar Shabdiyevalarning ham holidan xabar olinib, ularning oilasi uchun alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Mazkur fuqorolarni qiynayotgan boshqa masalalar bo‘yicha tegishli  tashkilotlarga murojaat qilinib, ijrosi nazoratga olindi.yangiichi42502021

yangiichi52502021

yangiichi62502021

Ishchi guruhi a'zolari mahallalardagi ko‘chalar, ariqlar, yo‘laklarning holati, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz bilan ta'minlanganlik darajasi, shuningdek, ko‘p qavatli uylarning lift va tom qismlari, isitish tizimlaring qay holatda ekanligini ham o‘rganmoqda.


Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech