01/03/2021

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi sohasida statistik ma'lumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 104-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida 2024-yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiri amalga oshiriladi.

 Mazkur qarorning ahamiyatli jihati shundan iboratki, O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari umuman o‘tkazilmagan bo‘lib, mazkur tadbir dastlabkisi hisoblanadi hamda uni uch bosqichda amalga oshirish ko‘zda tutilgan.QISHLOQXOJALIGIICHI1010321

Qarorga muvofiq:

– O‘zbekiston Respublikasida 2024- yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish konsepsiyasi;

– O‘zbekiston Respublikasida 2024- yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga doir chora-tadbirlar rejasi;

– O‘zbekiston Respublikasida 2024- yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasining tarkibi;

– O‘zbekiston Respublikasida 2024- yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibi tasdiqlandi.

 Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha vakolatli organ – Davlat statistika qo‘mitasi Respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.

 Ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi hududida yaxlit va har bir ma'muriy-hududiy birlik bo‘yicha aniq bir vaqtda, qishloq xo‘jaligi faoliyatining turli tavsiflari to‘g‘risida xalqaro taqqoslanadigan ishonchli, xolis va yaxlit ma'lumotlarni yagona statistik metodlar asosida yig‘ish maqsadida amalga oshiriladi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech