Joriy yilning 1- mart kuni Davlat statistika qo‘mitasida Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ)ning onlayn tarzda texnik ko‘mak missiyasi boshlandi. Missiyaga XVJning Statistika departamenti katta iqtisodchisi janob Richard Uayld boshchilik qilmoqda.SNSSICHI1010321

SNSSICHI2010321

Missiyaning asosiy maqsadi – Davlat statistika qo‘mitasining mas'ul mutaxassislari uchun “Milliy hisoblarda tabiiy resurslar ko‘rsatkichlarini tahlil qilish” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishdan iborat.

SNSSICHI3010321

Tadbirda Davlat statistika qo’mitasidan Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig’i Mamirov Aziz boshchiligidagi markaziy apparat xodimlari ishtirok etishmoqda.SNSSICHI4010321

Missiyani o‘tkazish dasturiga muvofiq, tashrifning birinchi kunida Davlat statistika qo'mitasi mas'ul xodimlari O'zbekiston milliy hisoblari joriy amaliyotining umumiy sharhini o'tkazdilar.SNSSICHI5010321

Missiya ishi davom etmoqda.

Matbuot xizmati