02/03/2021

Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, hududdagi aholi, ayniqsa, keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar, nogironlar holidan xabar olish, ularning muammolariga birgalikda yechim topish maqsadida, mahallalarda o‘rganish ishlarini olib borishmoqda.ishchiguruhiichi1020321

3

Jumladan, Yangihayot tumanidagi “Do‘stlik” mahallasidagi M. Fayozovga nogironlik aravachasi hamda oilasi uchun oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

 

ishchiguruhiichi4020321

Shuningdek, “Viqor”, “Al Farg'oniy”, “Yo‘ldosh” mahallalarida  istiqomat qiluvchilarning holidan xabar olinib, oilasi uchun alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Mazkur fuqorolarni qiynayotgan boshqa masalalar bo‘yicha tegishli  tashkilotlarga murojaat qilinib, ijrosi nazoratga olindi.

ishchiguruhiichi5020321

ishchiguruhiichi6020321

Ishchi guruhi a'zolari mahallalardagi ko‘chalar, ariqlar, yo‘laklarning holati, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz bilan ta'minlanganlik darajasi, shuningdek, ko‘p qavatli uylarning lift va tom qismlari, isitish tizimlaring qay holatda ekanligini ham o‘rganmoqda.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech