O`zbekiston Respublikasida aholini ro`yxatga olish tadbiri 2023- yilning 1–25- noyabr kunlari o`tkaziladi. Shuningdek, aholini ro`yxatga olish jarayoni va barcha me'yoriy hujjatlarni sinovdan o`tkazish maqsadida, 2021- yilning 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Toshkent shahrining Yashnobod tumani hamda Xorazm viloyatining Xiva shahrida sinov tariqasida aholini ro`yxatga olish tadbiri o`tkazilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanining markaziy ko'chalarida aholini ro’yxatga olishni targ’ib qiluvchi bannerlar joylashtirildi. Bu kabi bannerlar Respublikamizning boshqa hududlarda ham joylashtirilmoqda.
Matbuot xizmati