Joriy yilning 3- mart kuni 2023- yilda mamlakatimizda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan vebinar tashkil etildi.

Perepisichi104032021

Perepisichi204032021

Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Maxmudjon Ziyadullayev boshchiligida o’tkazilgan mazkur vebinarda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Qobil Berdiqulov, bo‘lim boshliqlari hamda hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi.

Perepisichi304032021

Perepisichi404032021

Yig‘ilishda kartografik materiallarning sxematik reja va xaritalarning texnik shartlarga mos ravishda tayyorlanganligini o‘rganish holati, aholi soni ko‘rsatilgan holda aholi punktlarida mavjud xonadonlar ro‘yxati bo‘yicha shakllantirilgan jadvallarning yangilanish holati, xonadon va uylarga raqamlarni o‘rnatilganligi holatlаri va aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyatini aholining keng ommasiga tushuntirish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlar muhokama etildi.

Perepisichi504032021

Vebinarda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha barcha hududiy statistika boshqarmalari boshliqlarining hisoboti tinglandi.

Perepisichi604032021

Perepisichi704032021

Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida nimalarga e’tibor berish lozimligi yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Matbuot xizmati