Pandemiya davrida Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi xayrli va savobli ishlarda tashabbus ko‘rsatib, mehnat  faxriylarini moddiy-ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Keksalarichi104032021

Xususan, shu yilning 3- mart kuni qo‘mita xodimlari tomonidan uzoq yillar statistika tizimida faoliyat yuritgan mehnat faxriylari, yolg’iz yashovchi keksalar holidan xabar olinib, ularga moddiy-ma’naviy ko’mak ko’rsatildi. Jumladan, iste’mol uchun muhim bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari olib borildi.

Keksalarichi204032021

Keksalarichi304032021

Bunday savobli amallar orqali qariyalarga ruhiy-ma’naviy ko’mak berish, ularni yolg’iz qoldirmaslik va ko’p yillik mehnatlari uchun minnatdorchilik izhor qilish ko’zda tutilgan.

Keksalarichi404032021

Keksalar qo‘mita tomonidan doimiy ravishda ko‘rsatayotgan bu kabi moddiy-ma'naviy ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi.

Matbuot  xizmati