04/03/2021

2021- yilning dastlabki oyi davomida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 705,9 mlrd. so‘mga yetib, bozor xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi 3,4 % ni tashkil etdi. 2020- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 117,9 % ga teng bo’ldi.

Taqqoslash uchun: 2020- yilning yanvar oyida xizmatlar hajmi 563,0 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan. 2019- yilning yanvar oyiga nisbatan 13,8 % ga o‘sish darajasi qayd etilgan.

2021- yil yanvar oyida ta’lim sohasidagi xizmatlarning yuqori hajmi Toshkent (66,5 mlrd. so‘m), Samarqand (53,7 mlrd. so‘m), Andijon (48,2 mlrd. so‘m) va Buxoro (45,8 mlrd. so‘m) viloyatlari hamda Toshkent shahrida (277,7 mlrd. so‘m) qayd etildi.

 

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech