05/03/2021

 Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalarda o‘rganishlar ishlari olib borilishi bilan birgalikda ishchi guruh vakillari tashabbusi bilan joylarda hasharlar ham tashkil etilmoqda.

yangihayotichi105032021

yangihayotichi205032021

yangihayotichi305032021

yangihayotichi405032021

Jumladan, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, hududdagi aholi, ayniqsa, keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar, nogironlar holidan xabar olish, ularning muammolariga birgalikda yechim topish kabi masalalarga alohida e'tibor qaratilmoqda.

yangihayotichi505032021

yangihayotichi605032021

yangihayotichi705032021

yangihayotichi805032021

Ayni kunlarda ishchi guruhi vakillari Yangihayot tumanida mahallalardagi ko‘chalar, ariqlar, yo‘laklarning holati, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz bilan ta'minlanganlik darajasi, shuningdek, ko‘p qavatli uylarning lift va tom qismlari, isitish tizimlaring qay holatda ekanligini o‘rganmoqda. O‘rganishlar natijasida aniqlangan muammoli masalalar tegishli mutasaddilarga yetkazilib, ularga ijobiy yechim topishga ko‘maklashilmoqda.

Matbuot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech