2021- yilning 5- mart kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “O‘zbekistonda barqaror rivojlanish baholash uchun innovatsiyalar” mavzusida onlayn seminar tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining Taʼlim, sog‘liqni saqlash, fan va innovatsiya sohalarida statistik kuzatuvlar bo‘limi boshlig‘i Shayxali Abduraxmanov ham ishtirok etdi.
Mazkur seminarda UNECE tashkiloti hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi hamkorligida vazirlik va idoralar vakillari mavzu bo‘yicha taqdimot qilishdi. Tinglovchilar mazkur taqdimotlar yuzasidan fikr-mulohaza almashib, o‘z malaka va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Tadbir so‘nggida ishtirokchilar O‘zbekistonda barqaror rivojlanish baholash uchun innovatsiyalar bo‘yicha kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishib oldilar.
Matbuot xizmati






