Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi “Turkiston” mahallasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Ayni kunlarda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi vakillari mahallalarda uyma-uy yurib, aholining turmush darajasi, keksalar, nogironlar, boquvchisini yo‘qotganlar holidan xabar olib, ularning muammolarini o‘rganib, tumandagi tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda yechim topishga ko‘maklashmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyatining Bekobod shahridagi “Turkiston” mahallasida o‘rganish ishlari davomida aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chalarning holati, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz bilan ta'minlanganlik darajasi kabi masalalar ham nazoratga olinib, muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaatlar qilinmoqda.
Bu kabi amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan “Mahallabay” ishlash tizimidagi o‘rganishlar davom ettirilmoqda.
Matbuot xizmati








