Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, hududdagi aholi, ayniqsa, keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar, nogironlar holidan xabar olish, ularning muammolariga birgalikda yechim topish maqsadida, mahallalarda o‘rganish ishlarini olib borishmoqda.YANGIHAYOTICHI1090321

YANGIHAYOTICHI2090321

YANGIHAYOTICHI3090321

Ayni kunlarda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, Toshkent shahar statistika boshqarmasi vakillari Yangihayot tumanidagi “Navqiron”, “Do‘stlik” va  “Yo‘ldosh‘” mahallalarida uyma-uy yurib, kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotganlar, keksalar va nogironlar xolidan xabar olinib, ularning oilasi uchun alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari berilmoqda. Mazkur fuqorolarni qiynayotgan boshqa masalalar bo‘yicha tegishli  tashkilotlarga murojaat qilinib, ijrosi nazoratga olindi.

YANGIHAYOTICHI4090321

YANGIHAYOTICHI5090321

YANGIHAYOTICHI6090321

YANGIHAYOTICHI7090321

Ishchi guruhi a'zolari mahallalardagi ko‘chalar, ariqlar, yo‘laklarini hashar yo’li bilan tozalab, obodonlashtirib shu bilan birgalikda ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz bilan ta'minlanganlik darajasi, shuningdek, ko‘p qavatli uylarning lift va tom qismlari, isitish tizimlaring qay holatda ekanligini ham o‘rganmoqda.

 

Matbuot xizmati