2021- yilning 9- mart kuni Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta'limi muammolarini o'rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti bilan Davlat statistika qo’mitasi vakillarining uchrashuvi bo’lib o’tdi.
1memorandum

2memorandum

Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich, A. Avloniy nomidagi xalq ta'limi muammolarini o'rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti direktori Radjiev Ayubxon Baxtiyorxonovich, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori G’oyibnazarov Bahodir Karimovich hamda qo‘mita va institut vakillari ishtirok etishdi.

3memorandum

4memorandum

5memorandum

6memorandum

Uchrashuvda Davlat statistika qo‘mitasi hamda A. Avloniy nomidagi xalq ta'limi muammolarini o'rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ichlab chiqilgan memorandum imzolandi.

7memorandum

8memorandum

9memorandum

Tadbirda memorandumni tayyorlash borasida so’z yuritilib, xalq ta'limi rahbar va mutaxassis xodimlarining kasbiy layoqat va mahoratini yanada oshirish, ularga yangi bilimlar berish, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Internet global tarmog‘idan samarali foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirish, rahbar va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ta'lim jarayonining yuqori samaradorligini ta'minlash, ilmiy tadqiqotlarga intilish, ijodiy mahorat va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

10memorandum

11memorandum

Muzokaralar yakunida tomonlar o’zaro hamkorlikni davom ettirish hamda ikki tomonlama tajriba almashishga kelishib oldilar.

Matbuot xizmati