Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi “Turkiston” mahallasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

bekobodichi10032021

bekobodichi110032021

Ayni kunlarda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi vakillari mahallalarda uyma-uy yurib, aholining turmush darajasi, keksalar, nogironlar, boquvchisini yo‘qotganlar holidan xabar olib, ularning muammolarini o‘rganib, tumandagi tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda yechim topishga ko‘maklashmoqda. Ayniqsa, mahallalarda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da ro‘yxatga olinganlarga alohida e'tibor qaratish, ularning bandligi va salomatligini tiklash kabi masalalar ham diqqat markazida bo‘lmoqda.bekobodichi310032021

bekobodichi210032021

“Mahallabay” ishlash tizimida tumandagi “Turkiston” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi aholining turmush farovonligi o‘rganilganida aksariyat fuqarolar o‘zlarining tadbirkorlik bizneslarini yo‘lga qo‘yish, yanada rivojlantirish maqsadida kredit mablag‘larini ajratilishi yuzasidan murojat qilishdi. Ularning murojaatlari hududga biriktirilgan bank mutasaddilariga yetkazilib, kredit ajratilishi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.bekobodichi410032021

bekobodichi510032021

Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyatining  Bekobod shahridagi “Turkiston”  mahallasida o‘rganish ishlari davomida aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chalarning holati, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz bilan ta'minlanganlik darajasi kabi masalalar ham nazoratga olinib, muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaatlar qilinmoqda.

bekobodichi610032021

bekobodichi710032021

Shuningdek, aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularga tadbirkorlikni o‘rgatish, oilalarning xoxishi va sharoitiga qarab, issiqxonalar tashkil etish, parrandachilik, baliqchilik, chorvachilik, hunarmandchilikni o‘rganishi hamda boshlashi uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan tavsiya va yordam berilmoqda.bekobodichi810032021

Bu kabi amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan “Mahallabay” ishlash tizimidagi o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

 

Matbuot xizmati