Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida Suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 1,0 % ni tashkil etdi.
Mazkur ko‘rsatkich hududlar kesimida kuzatilganda, eng yuqori ulush Xorazm viloyatida qayd etildi – hududdagi barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarning 3,1 % ini tashkil etdi.
Shuningdek, Sirdaryo viloyatida 2,4 %, Jizzax viloyatida 2,2 % va Samarqand viloyatida 1,4 % investitsiyalar Suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirildi.
Matbuot xizmati


