Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, hududdagi aholi, ayniqsa, keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar, nogironlar holidan xabar olish, ularning muammolariga birgalikda yechim topish maqsadida, mahallalarda o‘rganish ishlarini olib borishmoqda.

yangihayotichi1110921

yangihayotichi2110921

yangihayotichi3110921

yangihayotichi4110921

Ayni kunlarda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, Toshkent shahar statistika boshqarmasi vakillari Yangihayot tumanidagi “Navqiron”, “Do‘stlik” “Yo‘ldosh”, “Al-Farg’oniy” va “Viqor” mahallalarida uyma-uy yurib, kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotganlar, keksalar va nogironlar xolidan xabar olinib, ularning oilasi uchun alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini berib, ularga moddiy va ma’naviy ko’mak bermoqda. Shuningdek, fuqorolarni qiynayotgan boshqa masalalar bo‘yicha muammolar o’rganilib, tegishli  tashkilotlarga murojaat qilinmoqda.

yangihayotichi5110921

yangihayotichi6110921

yangihayotichi7110921

Ishchi guruhi a'zolari mahallalardagi ko‘chalar, ariqlar ва yo‘laklarni hashar yo’li bilan tozalab, obodonlashtirishmoqda. Shuningdek, ko‘p qavatli uylarning lift va tom qismlari, isitish tizimlaring qay holatda ekanligini ham o‘rganilmoqda.

Matbuot xizmati