12/03/2021

2020- yil yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YaIMdagi ulushi 28,5 % ni tashkil etdi.

Kuzatilayotgan davrda ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning jami sanoat sektori bo‘yicha yaratilgan qo‘shilgan qiymat tarkibidagi ulushida 2019- yildagi 69,6 % ga nisbatan 76,5 % gacha (2018- yilda – 72,0 %) o‘sishi qayd etildi. Shu bilan birga, joriy davrda sanoatning jami qo‘shilgan qiymati tarkibida tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘ining ulushi 15,2 % gacha pasaydi (2018- yilda – 23,0 %, 2019- yilda – 23,0 %).snsuz12032021

2020- yil yakunlariga ko‘ra, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush metallurgiya va metallni qayta ishlash sanoatiga (mashina va uskunalardan tashqari) to‘g‘ri keldi va 40,5 % ga yetdi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech